Kompyuter qulfi, vaqt va balans hisobi, Telegram bot, kassa, bar va analitika. Administrator adashmaydi, pul yo'qolmaydi, siz esa klubni telefoningizdan nazorat qilasiz.
Daftar, Excel va "yodda tutaman" endi kerak emas. Har bir daqiqa va har bir so'm hisobda.
Pul to'lanmaguncha kompyuter ochilmaydi. Vaqt tugasa o'zi qulflanadi — internet uzilsa ham.
Soatbay, paket, tungi tariflar. Mijoz balansi, mehmon oldindan yoki oxirida to'laydi — server o'zi hisoblaydi.
Har klubga alohida Telegram bot: mijoz ro'yxatdan o'tadi, balansini ko'radi, kompyuterni QR bilan yoqadi.
Tushum, xarajat, foyda, eng ko'p o'ynalgan soatlar. Kun yopilganda kassadagi naqd bilan solishtirish — farq bo'lsa darhol ko'rasiz.
Ichimlik va gazak savdosi, qoldiq hisobi. Nakladnoyni rasmga oling — tovar skladga o'zi tushadi.
Kompyuterlarni telefondan yoqing yoki o'chiring. Bo'sh turgani o'zi o'chadi — tok tejaladi.
Konsol xonalari o'z narxi bilan: administrator bir bosishda vaqtni yoqadi, hisob umumiy kassaga tushadi.
Kompyuterlarni oldindan band qiling — jamoa kelganda joy tayyor turadi.
Egasi va administrator rollari, oylik hisobi. Bepul vaqt berilsa yoki sotuv bekor qilinsa — sizga xabar keladi.
Server yoki dasturchi kerak emas — kompyuterlarga o'rnatishni o'zimiz qilamiz.
@UzShellbot da «Klub qo'shish» → klub nomi → Telegram klubingiz uchun alohida bot yaratadi. Bir daqiqa.
Mutaxassisimiz har kompyuterga UzShell'ni o'rnatib, sozlab beradi — bir marta, kompyuter boshiga 50 000 so'm. Kompyuter zalda o'zi paydo bo'ladi.
Administrator panel yoki botdan o'yin ochadi, mijozlar QR bilan o'zi yoqadi. Siz hisobotni telefonda ko'rasiz.
O'yinchi kompyuterga o'tiradi, telefoni bilan QR ni skanerlaydi — o'yin boshlanadi. Administrator bo'sh qoladi.
Oylik obuna — faqat qurilmalar soniga qarab. O'rnatish — bir marta. Yashirin to'lov yo'q.
7 kun davomida barcha imkoniyatlardan bepul foydalanasiz, karta yoki to'lov talab qilinmaydi. Sinov tugashidan oldin bot sizga eslatadi.
Oylik summani kartaga o'tkazasiz, izohga klub nomini yozasiz — balans yangilanadi va bot tasdiq xabarini yuboradi. Click va Payme orqali to'lov tez orada qo'shiladi.
Kompyuterdagi qulf internetsiz ham ishlaydi: boshlangan o'yin o'z vaqtida tugaydi, administrator esa o'z paroli bilan kompyuterni ochib-yopa oladi. Aloqa tiklanganda hammasi serverga yetkaziladi.
Yo'q. Qarz bo'lsa avval ogohlantiramiz, keyin faqat yangi o'yin ochish to'xtaydi. Ishlab turgan o'yinlar, qulflash va administrator paroli doim ishlaydi.
Har bir kompyuterga o'rnatib, sozlab berish — bir marta 50 000 so'm. Masalan, 20 ta kompyuter — 1 000 000 so'm. PlayStation uchun dastur o'rnatilmaydi, shuning uchun o'rnatish puli yo'q. Keyin faqat oylik obuna to'lanadi.
Windows 10 va 11 o'rnatilgan kompyuterlarga. PlayStation uchun dastur kerak emas — vaqtni administrator paneldan yoqadi va o'chiradi.
Har klubning ma'lumoti alohida, bot tokenlari shifrlangan holda saqlanadi. Har bir pul va boshqaruv amali jurnalga yoziladi: kim, qachon, nima qilgani ko'rinadi.
Botga yozing — bir daqiqada klub ochiladi, 7 kun bepul sinab ko'rasiz.